Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YHXX xodimini urib qochgan haydovchi ushlandi

YHXX xodimini urib qochgan haydovchi ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida 19-iyul kuni viloyat IIB YHXB xodimi leytenant X.P. Nurli mahallasi hududida harakatlanib kelayotgan shu mahallada yashovchi E.M. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinani to‘xtatib, avtomashinaga tegishli hujjatlarni so‘ragan vaqtida E.M. xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmay leytenant X.P.ga qo‘l ko‘tarib, so‘ng avtomashinasi bilan urib yuborib, voqea joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida E.M. qo‘lga olingan. Leytenant X.P.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring