Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yosh oila ko‘magingizga muhtoj!

Yosh oila ko‘magingizga muhtoj!

Nigina Rahimboyeva, 30 yoshda. Bir nafar qizaloqning onasi. Turmush o‘rtog‘i Sardor Rahimboyev Rossiyadagi Uzoq Sharq federal universitetining 2-bosqichida shartnoma asosida tahsil oladi.

Do‘xtirlar Niginaga ikkinchi darajali ko‘krak saratoni tashxisini qo‘yishdi. Hindistonlik shifokorlar ham shu tashxisni tasdiqlashdi va avgust oyida amaliyot o‘tkazishni, buning uchun 6000 AQSh dollari kerak bo‘lishini bildirishdi.

«Xabar.uz» vakili Niginaning kasalligi bo‘yicha Buxoro viloyat onkologiya dispanseriga borib, bemorni davolash jarayonlari bilan qiziqdi. Uni darddan forig‘ bo‘lishi uchun bosqichma-bosqich muolajalar o‘tkazish zarur ekan.

Elimiz azaldan mehru oqibat, xayru saxovatni o‘zidan darig‘ tutmagan. Niginaning shifo topib, sog‘ayib ketishi uchun yordam qo‘lini cho‘zing, azizlar.

Nigina Rahimboyevaning telefon raqami: +99891-405–47-76.

Nigina Rahimboyevaning plastik kartasi raqami: 8600 0504 8649 1113.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring