Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yoshlar ittifoqi raisi ishsizlarni Yoshlarga imkon markazlariga murojaat etishga chaqirmoqda

Yoshlar ittifoqi raisi ishsizlarni Yoshlarga imkon markazlariga murojaat etishga chaqirmoqda

Foto:Halqaro press klub

Yoshlarga imkon markazi samarali faoliyat yuritmoqda, deb xabar qildi o‘zining «Facebook»dagi sahifasida O‘zbekiston Yoshlar yetakchisi Qahramon Quronboyev.

Quronboyev ilgariroq O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida tashkil etilgan Yoshlarga imkon markazi o‘z faoliyatini boshlagani haqida ma’lum qilganini eslatib o‘tgan.

Uning aytishicha, bu xabar O‘zbekiston bo‘ylab barcha yoshlarni qiziqtirib qo‘ygani bois, markazga ko‘plab murojaat va so‘rovlar kelib tushmoqda.

Postda markazga murojaat qilib, ish topgan qashqadaryolik Hamidulla Eshqobilovning fikri keltirib o‘tilgan.

«Yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashayotgan imkon markazining faoliyati haqida radioda eshitganimda avvaliga ishonmadim. So‘ng mazkur markazga ish so‘rab murojaat qildim. Qurilish sohasi bo‘yicha uquvim borligi uchun markaz tomonidan mavsumiy ishga joylashtirildim», — deydi Hamidulla.

Ta’kidlanishicha, Hamidulla hozirgi ishidan juda xursand.

Mavsumiy ishlarga joylashish borasida to‘liq ma’lumot imkon.yi.uz saytida keltirilgan.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring