YouTube sun’iy intellektga qarshi «tozalash» boshladi
YouTube sun’iy intellekt yordamida yaratilgan past sifatli kontentni o‘chirishni boshladi. Platformadagi ikkita yirik kanal aynan shu sabab bilan yo‘qoldi, deb xabar berdi The Verge.
Videolarni montaj qilish xizmati — Kapwing hisobotiga ko‘ra, YouTube 5,9 million obunachiga ega CuentosFacianantes kanalini o‘chirib yuborgan. Ushbu kanaldagi videolarning umumiy ko‘rilishlar soni 1,2 milliardga yetgan edi. Shuningdek, 5,8 milliondan ortiq auditoriyaga ega Imperio de Jesus kanali ham endi platformada mavjud emas.
Kanallarni tozalash jarayoni YouTube bosh direktori Nil Mohan sifatsiz SI-kontent ko‘payib ketganidan xavotir bildirganidan so‘ng faollashdi. U foydalanuvchilarga yo‘llagan murojaatida videoxosting SI-slop (sun’iy intellektda tayyorlangan sifatsiz va mazmunsiz raqamli kontent) tarqalishini kamaytirish hamda spam va klikbeytga qarshi kurashish tizimlarini takomillashtirishga va’da bergan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter