Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurtimizda shu paytgacha qancha odam emlangani ma’lum bo‘ldi

Yurtimizda shu paytgacha qancha odam emlangani ma’lum bo‘ldi

Foto: SSV

6-aprel kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 14 216 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi.

Shu kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 49602 nafarga yetdi.

6-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

Samarqand viloyati (3437 nafar),

Toshkent viloyati (1708 nafar),

Andijon viloyati (1633 nafar),

Toshkent shahri (1630 nafar),

Namangan viloyati (1487 nafar) band qildi.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring