Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurtimizda yana 304 kishi koronavirusga chalindi, 3 nafar bemor vafot etdi

Yurtimizda yana 304 kishi koronavirusga chalindi, 3 nafar bemor vafot etdi

Foto: «Ria.ru»

2021-yil 12-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103510 (+304) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 6 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Jizzax viloyatida, 19 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida, 7 nafari Namangan viloyatida, 29 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Sirdaryo viloyatida, 18 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Farg‘ona viloyatida, 3 nafari Xorazm viloyatida, 59 nafari Toshkent viloyatida, 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida Buxoro viloyatida 5, Jizzax viloyatida 20, Qashqadaryo viloyatida 7, Navoiy viloyatida 2, Namangan viloyatida 7, Samarqand viloyatida 30, Surxondaryo viloyatida 3, Farg‘ona viloyatida 21, Xorazm viloyatida 8, Toshkent shahrida 161 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 99416 (+264) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 708 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3386 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring