Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy Rossiyaning katta qismi Prigojinni qo‘llaganini aytdi

Zelenskiy Rossiyaning katta qismi Prigojinni qo‘llaganini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CNN telekanaliga bergan eksklyuziv intervyusida Rossiya aholisining yarmi Vagner qo‘zg‘oloni paytida Yevgeniy Prigojinni qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.

Ukraina rahbariga ko‘ra, endi Vladimir Putin hokimiyatni mustahkamlash uchun hamma narsani qiladi.

Ukraina razvedkasining ma’lumotlariga ko‘ra, Kreml vaziyatni tahlil qilib, Prigojinni rossiyaliklarning katta qismi qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rgan, ular o‘z hokimiyatining kuchliligiga jiddiy shubha qila boshlagan.

Intervyuda Ukraina rahbari Zaporoje atom elektr stansiyasidagi vaziyat, Rossiyaning janubi-g‘arbiy viloyatlarining o‘qqa tutilishi va boshqa mavzularga to‘xtaldi.

Uning fikricha, urush jarayonida burilish nuqtasi va o‘z maqsadlariga erishish uchun Moskva AESda provokatsiya qilishga qodir.

Zelenskiyga ko‘ra, Ukraina Mudofaa vazirligi bu holatda zarur choralarni ko‘rishga harakat qilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring