Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy Xerson viloyatida to‘rtta harbiy ma’muriyat tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Zelenskiy Xerson viloyatida to‘rtta harbiy ma’muriyat tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Kecha, 9-noyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xerson viloyatida to‘rtta harbiy ma’muriyat tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat davlat rahbarining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Chiqarilgan farmonga muvofiq, Skadovskiy tumanida Dolmatovskaya va Golopristanskaya, shuningdek, Kaxovskaya tumanida Krestovskaya va Kaxovskaya harbiy boshqarmalari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi qo‘shinlar qo‘shma guruhi qo‘mondoni Sergey Surovikinning hisobotidan so‘ng, urushning birinchi kunlarida bosib olingan Xersondan rus qo‘shinlarini olib chiqishni boshlash haqida buyruq bergan eli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring