Zoyir Mirzayev Toshkent shahrida davolanadi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 1-fevraldan boshlab qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, o‘rinbosarga tenglashtirilgan hokim maslahatchilari ham qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqib, viloyat shifoxonalarida salomatligini tiklab olishadi.
Avvalroq viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tish va davolanish uchun Toshkent shahriga yo‘l olishgani, ularni «Qarshi temir yo‘l» vokzalidan kuzatish marosimida Zoyir Mirzayev ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter