Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Gruziyada elchixona ochadi: Tbilisida muhim kelishuvlarga erishildi

O‘zbekiston Gruziyada elchixona ochadi: Tbilisida muhim kelishuvlarga erishildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator muhim kelishuvlarga erishdilar.

Muzokaralar davomida O‘zbekistonning Gruziyadagi elchixonasini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘shma «yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-tranzit, sanoat kooperatsiyasi, energetika, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldilar.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 270 million dollarni tashkil etgan. Tomonlar yaqin yillarda ushbu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.

Uchrashuvda transport-tranzit sohasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Poti va Batumi portlari infratuzilmasidan yanada faol foydalanish, Gruziyada O‘zbekiston logistika xabini tashkil etish hamda «Boku – Tbilisi – Kars» temir yo‘lini «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘l magistrali bilan bog‘lash imkoniyatlarini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qo‘shma biznes forumi yakunlari yuqori baholandi va 2027-yilgacha mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi imzolangani qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring