Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Hindistondagi fojia munosabati bilan ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Hindistondagi fojia munosabati bilan ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan fojia oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda diniy marosimdagi tiqilinchda 100 dan ortiq odam halok bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring