Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erkin kurashchi Poyonov jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi

Erkin kurashchi Poyonov jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchi -92 kg vazn toifasidagi bellashuv finalida ukrainalik raqibi ustidan zafar quchdi.

Serbiyada o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U23 jahon chempionatida O‘zbekiston yana bir medalni qo‘lga kiritdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, erkin kurashchi Sherzod Poyonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Poyonov -92 kg vazn toifasidagi bellashuv finalida ukrainalik raqibi ustidan zafar quchdi.

Serbiyaning Novi-Sad shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati 27 oktyabrga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring