Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OOK delegatsiyasi Olimpiya shaharchasi va Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdi

OOK delegatsiyasi Olimpiya shaharchasi va Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdi

Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari Olimpiya shaharchasi majmuasi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdi.

Olimpiya shaharchasiga tashrif davomida xorijiy mehmonlarga “Velodrom”, “Markaziy o‘yingoh”, “Suv sport turlari”, “Jamoaviy sport turlari” va “Yakkakurash sport turlari” binolari hamda ularda yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Делегация Олимпийского совета Азии  в Ташкенте - Sputnik Ўзбекистон, 1920, 25.01.2026

Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif chog‘ida esa mehmonlarga O‘zbekistonning boy islom tarixi, madaniy merosi va markazda saqlanayotgan bebaho ma’naviy yodgorliklar haqida atroflicha ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, markazning zamonaviy me’moriy yechimi, inshoot tuzilishi, noyob eksponatlar hamda o‘tmish va bugun uyg‘unligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring