Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimpiya shaharchasida World Aquatics mintaqaviy markazi ochildi

Olimpiya shaharchasida World Aquatics mintaqaviy markazi ochildi

Foto: Sport vazirligi

Ayni kunlarda poytaxtimiz sport sohasidagi bir qator nufuzli tadbirlarga mezbonlik qilmoqda. Shular qatorida bugun World Aquatics (Butunjahon suzish federatsiyasi) Ijroiya qo‘mitasi Byurosining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir doirasida Butunjahon suzish federatsiyasi (World Aquatics) Prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi Bosh direktori Husayn Al Musallam boshchiligidagi delegatsiya Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi.

Martabali mehmonga World Aquatics Ijroiya qo‘mita byurosi tarkibining a’zosi Shahnoza Mirziyoyeva, Sport vaziri Adkham Ikramov, mamlakat suzish federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov va boshqa rasmiylar hamrohlik qildi.

Mehmonlar majmuadagi suv sporti turlariga mo‘ljallangan inshoot bilan tanishtirilib, unda mashg‘ulot o‘tayotgan sportchilar bilan ham yaqindan suhbat o‘tkazildi.

Foto: Sport vazirligi

Shuningdek, mazkur tadbirda faxriy mehmon sifatida AQSh Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid ham ishtirok etdi.

Suv sport inshooti haqida ma’lumot berilar ekan, mazkur havzada bir vaqtning o‘zida sportning suvga sakrash, suzish turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni belgilangan talablar asosida uzluksiz tashkil etish imkoniyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir davomida, suv sporti inshootida World Aquaticsning mintaqaviy markazi ochilish marosimi ham o‘tkazildi.

Foto: Sport vazirligi

Olimpiya shaharchasi sport majmuasi mehmonlarda yuqori taasurot qoldirib, kelgusida nufuzli musobaqalarni shu yerda tashkil etish takliflari ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring