Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistonlik bokschi – Munarbekka 10 mln som va avtomobil sovg‘a qilindi

Qirg‘izistonlik bokschi – Munarbekka 10 mln som va avtomobil sovg‘a qilindi

Parij Olimpiadasining so‘nggi kunlarida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari diqqat markazida bo‘lgan, boks bo‘yicha -57 kg vazn toifasida finalda o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakovga raqib bo‘lgan qirg‘izistonlik sportchi Munarbek Seyitbek o‘g‘li mamlakat rasmiylari tomonidan taqdirlandi.

Qirg‘iziston hukumati, jumladan, olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgan (2 nafar, jumladan, Munarbek Seyitbek o‘g‘liga ham) sportchilarga 10 mln som (taxminan 117 ming AQSh dollari) va KIA avtomobili sovg‘a qilingan.

Bronza medalini qo‘lga kiritgan 4 nafar sportchi esa 7 mln som (taxminan 82 ming AQSh dollari) va KIA avtomobili bilan taqdirlangan.

Shuningdek, Olimpiadada sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritolmagan ishtirokchilarga, ishtiroklariga qarab 500 ming somdan 1 mln somgacha hamda Chevrolet avtomobillari, murabbiy va tibbiy guruhdagi xodimlarga esa 50 mingdan 6,6 mln somgacha pul mukofotlari berilgan.

Shuningdek, Munarbek Seyitbek o‘g‘lining Olimpiadaga borolmay qolgan murabbiysi Beganas Sultanbayevga ham 2,5 mln som (taxminan 29,3 ming AQSh dollari) pul mukofoti berilgan.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda Olimpiada ishtirokchilariga berilgan pul mukofotlari soliqqa tortilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Munarbek Seyitbek o‘g‘liga olimpiadada o‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov sekundantlik qilgan va finalda «kim kuchli bo‘lsa, o‘sha yutishi»ni aytib unga omad tilagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring