Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravshan Ermatov Kannavaroning maoshi bo‘yicha gaplarni izohladi

Ravshan Ermatov Kannavaroning maoshi bo‘yicha gaplarni izohladi

Foto: O‘FA.

O‘FA o‘tkazayotgan matbuot anjumanida yangi bosh murabbiy Fabio Kannavaroning maoshi haqida gapirib o‘tildi

O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bunga izoh berdi: 

"Kannavaro 4 million yevro olar ekan, degan xabarlar chiqdi. Aslida buning yarimi ham emas. Lekin etikaga ko‘ra, maoshni oshkor qila olmaymiz". 

Eslatib o‘tamiz, 6-oktyabr kuni Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring