Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib to‘rt klub safida 100 ta gol urdi

Bugun bo‘lib o‘tgan Saudiya Superkubogida «An-Nasr» «Al-Ahli»dan mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv Gonkongda o‘tkazildi. Asosiy vaqtda 2:2 hisobi qayd etildi (penaltilar seriyasi — 3:5).
«An-Nasr»dan gollarni Krishtianu Ronaldu (41-daqiqa, penaltidan) va Marselo Brozovich (82) kiritdi.
Mag‘lubiyatga qaramasdan, Ronaldu bir qator rekordlarni yangiladi.
U «An-Nasr» tarkibida o‘zining 100-golini kiritib, klub to‘purarlari orasida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Portugal yulduzi to‘rtta turli klub safida 100 dan ziyod gol kiritgan jahondagi ilk futbolchiga aylandi.
Krishtianu Ronalduning gollari:
- «Real Madrid» — 450 ta
- «Manchester Yunayted» — 145 ta
- «Yuventus» — 101 ta
- «An-Nasr» — 100 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter