Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixda ilk marotaba ona va bola bitta Olimpiadada qatnashdi

Tarixda ilk marotaba ona va bola bitta Olimpiadada qatnashdi

Sara Shleper — tog‘ chang‘isi sporti afsonasi. Bir necha kundan keyin u 47 yoshni qarshilaydi va o‘zi uchun yettinchi Olimpiadada qatnashmoqda.

Shleper Jahon kubogida 1995-yilda, Olimpiya o‘yinlarida esa 1998 yilda debyut qilgan. 2011-yilda amerikalik sportchi faoliyatini yakunlab, ramziy ma’noda o‘zining uch yoshli o‘g‘li Lasseni qo‘lida ko‘targancha chang‘ida qiyalikdan tushib kelgan edi.

Bungacha bir necha yillar oldin u meksikalik hamkasbi Federiko Gaxiolaga turmushga chiqqan edi. Oradan bir necha yil o‘tib, u sportga Meksika fuqarosi sifatida qaytdi.

Milan-Kortinadagi Olimpiadada esa u Meksika delegatsiyasining bayroqdori bo‘ldi.

Ushbu delegatsiya tarkibida uning o‘g‘li Lasse ham bor edi. Otasi qo‘l ostida mashq qiladigan 18 yoshli Lasse Gaxiola kecha slalom bo‘yicha Olimpiadada debyut qildi. U onasi Sara bilan birgalikda bitta Olimpiadada qatnashgan ilk ona va o‘g‘il sifatida tarixga kirdi.

Sara, shuningdek, yettita Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan tarixdagi ilk va Qishki o‘yinlar tarixidagi eng yoshi katta tog‘ chang‘ichisidir. Hammasidan muhimi — u shunchaki baxtli ona.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring