Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tursunoy Rahimovadan g‘alaba tortib olindi

Tursunoy Rahimovadan g‘alaba tortib olindi

Foto: MOQ

Bokschi qizimiz Tursunoy Rahimova Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi navbatdagi bahsini o‘tkazdi. Bu gal u o‘z vaznining birinchi saralangan sportchisiga qarshi ringga ko‘tarildi.

-51 kg vazn toifasida bahs olib borgan bokschimiz turkiyalik Buse Naz Chaqiro‘g‘lu bilan kechgan murosasiz jangda munosib kurashdi.

Biroq hakamlarning qarori yakunda turkiyalik bokschining g‘alabasini e’tirof etdi 3:2.

Qayd etish joiz, Rahimova jangda ustunlik qilib, hakamlarning g‘alati qarori bilan Olimpiadani tark etgan navbatdagi bokschimizga aylandi. Kuni kecha Mirazizbek Mirzahalilov shunday holatga tushgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring