Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UEFA Chempionlar ligasi. Kuchli sakkizlik va pley-off jamoalari ma’lum bo‘ldi (yakuniy jadval)

UEFA Chempionlar ligasi. Kuchli sakkizlik va pley-off jamoalari ma’lum bo‘ldi (yakuniy jadval)

«Benfika» darvozaboni Trubin 90+8-daqiqada «Real» darvozasiga kiritgan gol lissabonliklarni pley-offga olib chiqdi.

Foto: Championat.com

UEFA Chempionlar ligasi 2025/2026-yilgi mavsumining umumiy bosqichi o‘z yakuniga yetdi. 29-yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan 8-tur bahslaridan so‘ng nimchorak finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olgan va pley-offda ishtirok etadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

8-turning muhim voqealari:

«Benfika» — «Real Madrid» — 4:2: Turning eng shov-shuvli natijasi Lissabonda yuz berdi. Madridliklar mag‘lubiyat sababli kuchli sakkizlikdan pastga tushib ketishdi, lissabonliklar esa so‘nggi daqiqada darvozaboni kiritgan gol va to‘plar nisbati (-2)ga ko‘ra pley-offdagi eng so‘nggi yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.

«Liverpul» — «Qorabog‘» — 6:0. Mersisaydliklar o‘z maydonlarida raqibni tor-mor keltirib, turnir jadvalining yuqori qismidagi o‘rinlarini mustahkamlashdi, qorabog‘liklar pley-offda kurashni davom ettiradi.

«Barselona» — «Kopengagen» — 4:1. Kataloniyaliklar ishonchli g‘alaba bilan keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi.

«Arsenal» — «Qayrat» — 3:2. London klubi qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, guruh bosqichini g‘alaba bilan tugatdi va turnirdagi barcha 8 o‘yinda jami 24 ochko to‘pladi.

«Napoli» — «Chelsi» — 2:3. O‘z maydonida o‘yinni boy bergan neapolliklar turnir bilan xayrlashishdi.

«Atletiko» — «Budyo-Glimt» — 1:2. «Grandlar kushandasi» — «Budyo-Glimt» Madridda qo‘lga kiritilgan uch ochko bilan pley-offga yo‘l oldi. 

8-tur natijalari:

  • Ayaks — Olimpiakos 1:2
  • Arsenal — Qayrat 3:2
  • Monako — Yuventus 0:0
  • Atletik — Sporting 2:3
  • Atletiko — Budyo-Glimt 1:2
  • Bayer — Vilyarreal 3:0
  • Borussiya D — Inter 0:2
  • Bryugge — Olimpik M 3:0
  • Ayntraxt — Tottenhem 0:2
  • Barselona — Kopengagen 4:1
  • Liverpul — Qorabog‘ 6:0
  • Manchester Siti — Galatasaroy 2:0
  • Pafos — Slaviya 4:1
  • PSJ — Nyukasl 1:1
  • PSV — Bavariya 1:2
  • Yunion — Atalanta 1:0
  • Benfika — Real 4:2
  • Napoli — Chelsi 2:3

Umumiy bosqich yakuniy jadvali

Turnir jadvalida 1–8-o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oldi (ular orasida Abduqodir Husanov to‘p surayotgan «Manchester Siti» ham bor).

9-24-o‘rinlarni egallagan jamoalar («Real Madrid», «Inter», «PSJ» va boshqalar) fevral oyida ikki o‘yindan iborat pley-off bahslarida nimchorak finalning qolgan 8 ta yo‘llanmasi uchun kurashadi. Pley-off bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi 30-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Jadvalning quyi qismida qolgan jamoalar uchun yevrokuboklar mavsumi yakunlandi. Ular orasida «Marsel», «Napoli», «Ayaks» kabi shonli nomlar bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring