Oltin birinchi marta 4,5 ming dollardan oshdi
Oltinning narxi tarixda ilk marotaba 4 500 dollardan oshdi (1 unsiyasi uchun), Comex birjasi ma’lumotlari bunga shohidlik beradi.
9-yanvardagi kechki savdolar yakuniga ko‘ra, qimmatbaho metall fyuchersi qiymati 4 510 dollarni tashkil etdi. Ko‘rsatkich 1,13 foizga o‘sdi. Shu tariqa oltin birinchi marta 4,5 ming dollarlik tarixiy dovondan oshdi.
Shu kuni kumush ham qimmatladi — fyuchers qiymati 5,83 foizga o‘sib, 79,5 dollarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil dekabrida oltin qiymati tarixiy maksimumni yangilab, 1 unsiyasi 4 497 dollarni tashkil etgandi.
Ekspertlar AQSh va Venesuela o‘rtasidagi ziddiyat kuchayishi oltinni qimmatlashtirdi, deyishmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter