Italiyalik adashib chiqindi qutisiga 20 ta oltin quymani tashlab yubordi
Italiyada g‘alati voqea sodir bo‘ldi: 57 yoshli erkak yigirmaga yaqin oltin quymalari bo‘lgan qutini adashib axlat qutisiga tashlab yubordi. Bu haqda RMF24 radiostansiyasi xabar bermoqda.
"Hodisa Lechche provinsiyasida joylashgan Torre-Lapillo aholi punktida qayd etildi. 57 yoshli mahalliy fuqaro 20 dona oltin solingan idishni beixtiyor chiqindi bakiga tashlab yuborgan," - deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak uzoq yillar davomida qimmatbaho metallga sarmoya kiritib, 120 ming yevro jamg‘argan. Italiyalik jamg‘armasi yo‘qolganini bir kundan keyingina aniqlagan, shundan so‘ng u darhol huquq-tartibot idoralari bilan bog‘langan.
Politsiyachilar konteynerlar ichidagi narsalar allaqachon Ujentodagi poligonga olib ketilganini aniqladi. U yerda qidiruv operatsiyasi tashkil etildi va muvaffaqiyatli yakunlandi — quymalar solingan idish topildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter