Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga pul beriladi

Eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga pul beriladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirishga qaratilgan qaror qabul qilindi.

2026 yil 15 yanvar kuni “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–9-son) imzolandi.

Qarorga muvofiq, barcha vazirlik va idoralarda qator yangi tashabbuslar joriy etiladi. Jumladan, 2026 yil 1 martga qadar har bir soha bo‘yicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi.

Shuningdek, har yili kamida uchtadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlar mahalliy nashriyotlar orqali o‘zbek tiliga tarjima qilinib, malakali mutaxassislar ishtirokida izohlar, lug‘at va misollar bilan boyitiladi.

Qarorda 2026 yil 1 aprelga qadar barcha vazirlik va idoralarda, shuningdek, ular tizimidagi tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etish hamda xodimlar uchun har oyda “Kitob o‘qish soati”ni yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Bundan tashqari, tashkilotlarda kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi joriy etiladi. Tanlov asosida eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga bir oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.

Yoshlar kitobxonligini rag‘batlantirish maqsadida eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchi va talabalardan iborat top-100 talikka kirgan har bir ishtirokchiga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida pul mukofoti taqdim etilishi ham nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring