Onlayn forum: «GAT barcha sohalarga yangilik kiritadi»
Pekin shahrida 2019-yilning 31-oktyabr kuni «O‘rta Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarini rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi universitetlari» konsorsiumi (KASKAD)ga raislik quvchi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti rektori, prof. O‘.Umurzoqov va Xitoyning SuperMap International kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangandi.
SuperMap International – ARC Advisory-2019 xisobotiga muvofiq, GAT (geoaxborotlar texnologiyalari) mahsulotlarini Osiyo bozoriga yetkazib berish bo‘yicha 1-raqamli va jahon bozorida esa 3-o‘rindagi kompaniya hisoblanadi. Hozirda «KASKAD» va TIQXMMI Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida ichida birinchi bo‘lib SuperMap International kompaniyasi bilan memorandum imzolagan tashkilotlardan hisoblanadi.
«KASKAD» konsorsiumi o‘zining oldiga qo‘ygan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar soxalarida muxim bo‘lgan milliy, xududiy va xalqaro miqyosdagi muloqotlar platformasini rivojlantirishda, birinchilardan bo‘lib «SuperMap», «KASKAD» va TIQXMMI hamkorligida MDH mamlakatlarining turdosh tashkilotlari uchun «GAT barcha sohalarga yangilik kiritadi (GIS vvodit novshestva vo vse sferi)» mavzusida ONLAYN FORUM tashkil etmoqda.
Forumning o‘tkazilish vaqti:
- 28-aprel kuni soat 10.00 dan 12.10 gacha rus tilida uchta taqdimot;
- 29-aprel kuni soat 09.30dan 17.30 gacha ingliz tilidagi amaliy mashg‘ulotlardan iborat.
Mazkur forumda O‘rta Osiyo (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston), Janubiy Kavkaz (Ozarbayjon, Armaniston, Gruzii), Rossiya, Belarusiya, Ukraina mamlakatlarining vakillari ishtirok etadi.
Qiziquvchilarni ushbu forumda ishtirok etishga taklif qilamiz.
ONLAYN FORUM SuperMap International kompaniyasining saytida joylashtirilgan.
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
Zoom dasturini yuklash (barcha terminallar uchun): https://zoom.com.cn/download
Onlayn forumga bog‘lanish: https://zoom.com.cn/webinar/register/WN_MJbO-wPjQWieLEPeS3wWeQ
T.Sultonov,
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
R.Jumaniyozov,
TIQXMMI matbuot xizmati rahbari, dotsent


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter