Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATU professor-o‘qituvchilari Belarusda malaka oshirishdi

TATU professor-o‘qituvchilari Belarusda malaka oshirishdi

Foto: «bsuir.by»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida ikki haftalik malaka almashish o‘quv-amaliy jarayonlarida ishtirok etishdi. Bu haqida universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Har bir dars va seminar-treninglar alohida-alohida bo‘limlarda tashkil etildi. Xususan, TATUning 24 nafar professor-o‘qituvchisi BDIRUda «Axborot tizimlarini loyihalashning zamonaviy usullari va texnologiyalari», «Korxonaning zamonaviy IT-infratuzilmasi: dizayn va amaliyot», «Big data», «Tibbiy uskunalar texnologiyasi» fanlari bo‘yicha malaka oshirdi. Bundan tashqari, o‘qituvchilar uchun universitetning axborot va kompyuter tizimlari, elektron uskunalar va texnologiyalar, axborot-radiotexnika va boshqalarni loyihalash bo‘limlariga safar uyushtirildi.

Foto: «bsuir.by»

30 iyul kuni TATU professor-o‘qituvchilari ikki haftalik malaka oshirishning oxirgi kunida BDIRU rektori Vadim Bogush bilan uchrashishdi. Tadbirda o‘qituvchilarga maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring