Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telegram mingdan ortiq o‘quvchisi bor kanallarga reklama pulining yarmini beradi

Telegram mingdan ortiq o‘quvchisi bor kanallarga reklama pulining yarmini beradi

Foto: Kp.ru

O‘quvchilari soni ming nafardan oshgan Telegram-kanallarning egalari reklamadan tushgan daromadning yarmini oladi. Monetizatsiya boshlangani haqida messenjerning rasmiy saytida xabar berildi.

«Bugundan boshlab 1 ming nafar va undan ortiq obunachisi bor kanallar ularda namoyish etilgan reklamadan tushgan daromadning 50 foizini mukofot sifatida oladi», — deyiladi 31-mart kuni saytda e’lon qilingan relizda.

Kontent yaratuvchilar uchun o‘z mukofotlash tizimini Telegram «ijtimoiy media tarixidagi eng saxiylaridan biri», deya atadi.

Reklama uchun va mablag‘larni olish uchun raqamli valyuta — TON blokcheynidan foydalaniladi. Xabarga ko‘ra, Rossii, Ukraina, Falastin, Isroil va boshqa ayrim mamlakatlarda mukofotlash tizimi ishlamaydi.

Avvalroq messenjer asoschisi Pavel Durov Telegramdagi kontentlar har oy trillion martadan ko‘proq ko‘rilayotganini, ushbu mukofotlash tizimi mualliflarga o‘z mablag‘larini xavfsiz qo‘lga kiritishda qo‘l kelishini ta’kidlagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring