Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Time» jurnali yil odamini tanladi

«Time» jurnali yil odamini tanladi

Foto: RTVI

«SpaceX» va «Tesla» kompaniyalari asoschisi va rahbari Ilon Maskni «Time» jurnali yil odami deya e’lon qildi. Bu haqda nashrning rasmiy saytida xabar berildi.

«Bu inson Yerdagi va ehtimol, kelajakda uning tashqarisidagi hayotga ham ekstraordinar ta’sir o‘tkazish qobiliyatiga ega. Iqlim o‘zgarishlari ekzistensial inqirozi, tengsizlik muammolaridan tortib mumkin narsalarning yangi chegaralarigacha — hech kim bu yilgi mavzularni 2021 yil odami — Ilon Maskdek o‘zida mujassamlashtirmagan», — dedi «Time» bosh muharriri Edvard Felzental.

Mask shu yil noyabrida boyligi $300 milliarddan oshgan tarixdagi ilk insonga aylangandi.

«Time» 2020-yilda yil odami sifatida bir yo‘la ikki kishini — AQSh prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Harrisni tanlagandi. 2019-yilda esa shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg yil odami bo‘lgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring