Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UZTELECOM  — 12 million abonent ishonchi va O‘zbekiston raqamli taraqqiyotining ishonchli hamkori

UZTELECOM  — 12 million abonent ishonchi va O‘zbekiston raqamli taraqqiyotining ishonchli hamkori

Foto: UZTELECOM

33 yil davomida UZTELECOM O‘zbekiston telekommunikatsiya tizimining asosini ta’minlab kelmoqda. Bugun kompaniya 12 million abonentni birlashtirib, shaharlar, qishloqlar va mamlakatning eng olis hududlarida yashovchi aholiga aloqa va internet xizmatlarini taqdim etmoqda.

Kompaniyaning mobil tarmog‘i mamlakat hududining 96 foizini qamrab oladi, optik tolali aloqa liniyalari uzunligi esa qariyb 300 000 kmni tashkil etadi. Bu esa yuqori tezlikdagi internetni telekommunikatsiya nuqtai nazaridan ilgari «ko‘rinmas» bo‘lgan eng chekka hududlarga ham ulash imkonini bermoqda.

Zamonaviy aloqa standartlari joriy qilinmoqda: viloyat markazlarida 5G, avtomagistrallar bo‘ylab 4G tarmog‘ini kengaytirish, biznes va sport inshootlari ichida barqaror aloqa ta’minlash loyihalari, shuningdek, VoLTE va VoWi-Fi texnologiyalaridan foydalanish.

UZTELECOM yechimlari tufayli O‘zbekiston MDHda birinchi bo‘lib barcha viloyat markazlarini 5G tarmog‘i bilan ta’minladi. Toshkent va Samarqandda esa beshinchi avlodning to‘laqonli qamrovi yaratildi. Bundan tashqari, respublika dunyo bo‘yicha ikkinchi davlat bo‘lib, 10 Gbit/sek tezlikdagi simli internet texnologiyasini joriy etdi.

MyUTC mobil ilovasi UZTELECOM raqamli ekotizimining markaziga aylandi. U asosiy xizmatlarni birlashtiradi: aloqa va tariflarni boshqarish, SIM va eSIM ulash, 150 dan ortiq servislar uchun to‘lov, chet elda Travel eSIM ishlatish, transport to‘lovi, mahalliy kompaniyalar aksiyalarini sotib olish, elektromobillarni quvvatlash. Bundan tashqari, keshbek va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ham mavjud. Bularning barchasi MyUTC ilovasini kundalik va professional vazifalar uchun universal platformaga aylantirmoqda.

UZTELECOM biznes va davlat tuzilmalarini asosiy raqamli infratuzilma bilan ta’minlamoqda: ma’lumot markazlari, bulutli platformalar, kiberxavfsizlik, hosting va videokuzatuv tizimlari. Bugungi kunda ushbu yechimlardan butun mamlakat bo‘ylab minglab tashkilotlar foydalanmoqda.

Tog‘larda, cho‘llarda va qishloq hududlarida yangi baza stansiyalari qurilishi davom etmoqda, «aqlli shaharlar» loyihalari amalga oshirilmoqda va mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan milliy raqamli ekotizim shakllanmoqda.

UZTELECOM 12 million abonent ishonch bildirgan operator. Ushbu ishonch yangi loyihalar va texnologiyalarga asos bo‘lib, O‘zbekistonning raqamli kelajagini belgilab bermoqda.

Reklama

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring