Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Bizga hech kim chetdan turib aql o‘rgata olmaydi»

Shavkat Mirziyoyev: «Bizga hech kim chetdan turib aql o‘rgata olmaydi»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyada oila institutining konstitutsiyaviy asoslarini rivojlantirish maqsadida, «oila ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanishi», jamiyatning tabiiy va tayanch bo‘g‘ini, jamiyat va davlatning alohida himoyasida ekanini mustahkamlab qo‘yishni taklif etdi.

«Biz oilani o‘z qadriyatlarimiz asosida himoya qilamiz. Bizga hech kim chetdan turib aql o‘rgata olmaydi. O‘zbekiston — mustaqil davlat! Bizning oila bo‘yicha o‘z an’anaviy qadriyatlarimiz bor. Hech kim bizni oila masalasi bo‘yicha «o‘qituvchi-o‘quvchi» bo‘lib o‘qita olmaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratishi, ko‘p bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar yaratib berishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring