Farg‘onadagi qotillikda uka vafot etdi, aka og‘ir jarohat oldi
Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida qotillik sodir bo‘ldi. Qo‘shnilarning arzimas sabab bilan boshlangan janjali aka-ukalardan birining jarohat olishi, boshqasining o‘limi bilan yakun topdi.
Xabar.uz so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqelik 2 aprel kuni kechga yaqin sodir bo‘lgan. Tumanning Gulobod tumanida yashovchi F.Q. «Neksiya-2» avtomashinasida harakatlanib kelar ekan, qo‘shnisi F. X.ning xotiniga signal chalib, chetroqda yurishni aytadi.
Janjal shu tariqa boshlanib, unga boshqalar qo‘shiladi. Og‘izdan maza-bemaza gaplar chiqadi. Oqibati shu bo‘ladiki, F.Q. oshxona pichog‘i bilan haligina o‘zi singnal chalgan ayolning turmush o‘rtog‘i va qaynakasiga tashlanib, ularga turli darajada jarohat yetkazadi. Yetkazilgan jarohatlar natijasida aka-ukalarning kichigi (33 yosh) voqea joyida vafot etadi, kattasi (39 yosh) kasalxona tushadi.
Holat yuzasidan yuzasidan o‘sha kuniyoq tuman prokuraturasi tomonidan qasddan odam o‘ldirish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, F. Q. (36 yosh) tegishli tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter