Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telekom Antifrod — Uyali aloqa darajasida axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi

Telekom Antifrod   — Uyali aloqa darajasida axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi

O‘zbekiston Respublikasi banklari va to‘lov tashkilotlarida «Uyali aloqa darajasida axborot xavfsizligini ta’minlash» tizimi — Telekom Antifrod 2025-yilda joriy etilganiga qaramay, qisqa vaqt ichida kuplab yurtdoshlarimizni firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishdan himoya qilishga ulgurdi.

«O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» DUK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan mazkur tizim tijorat banklari, to‘lov tizimlari va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalari foydalanuvchilarini tashqi firibgarliklardan himoya qilishga mo‘ljallangan. 

Telekom Antifrod — mijozlarning moliyaviy yo‘qotishlarini kamaytiribgina qolmay, firibgarlik va kiberjinoyatlarni aniqlash hamda ularning oldini olish jarayonlarini ham soddalashtiradi.

Telekom Antifrod tizimi tijorat banklari, to‘lov tizimlari va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalari foydalanuvchilarini quyidagi firibgarlik turlaridan himoya qiladi:

  • SIM-karta almashtirilishi (SIM-swap) orqali mijoz nomidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish;
  • O‘g‘irlangan SMS kodlardan foydalangan holda noqonuniy pul o‘tkazmalari va boshqa operatsiyalar;
  • Bankning soxta mobil ilovalari orqali operatsiyalarni bajarish;
  • Mijozning xabarisiz bank kartalaridan uchinchi shaxslar tomonidan foydalanish;
  • O‘g‘irlangan yoki soxta qurilmalardan bank mobil ilovasiga ruxsatsiz kirishga urinishlar;
  • Mobil ilovani klonlash yoki noqonuniy qayta o‘rnatish holatlari;
  • Vafot etgan shaxslar nomidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish;
  • Jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan shaxslar nomidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish.

Hozirgi kunda Telekom Antifrod tizimi 32 ta tijorat bankining mobil ilovalarida hamda 18 ta to‘lov tashkilotida joriy etilgan. 

2025-yilning sentyabr oyidan dekabr oyigacha bo‘lgan davrdagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bank mijozlarining mobil ilovalar orqali yuborgan umumiy so‘rovlar soni 71,9 mln. tani tashkil etgan. Shundan 55 foizi ro‘yxatdan o‘tish jarayonlariga, 45 foizi esa moliyaviy operatsiyalarga to‘g‘ri kelgan.

Moliyaviy operatsiyalarni qayta ishlash jarayonida tizim tomonidan umumiy so‘rovlarning 10 foizida shubhali operatsiyalar aniqlangan bo‘lib, ular orasida SMS kodlarning noto‘g‘ri kiritilishi va boshqa firibgarlik alomatlari qayd etilgan. Barcha so‘rovlar tizim operatorining SMS shlyuzi orqali amalga oshiriladi.

Agar siz Telekom Antifrod xizmatlaridan foydalanishni istasangiz: +998 55 505-00-19 (1047) raqamiga murojaat qilib, batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring