Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi aniqlandi

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi aniqlandi

Yun Fosse.

Norvegiyalik yozuvchi va dramaturg Yun Fosse adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Nobel qo‘mitasi ma’lumotida aytilishicha, «u o‘z asarlarida odatda gapirish huquqidan mahrum bo‘lganlarga so‘z beradi». 

Yun Fosse 1959-yilda tug‘ilgan. U badiiy adabiyotda 1983-yilda «Qizil, qora» romani va dramatik yozuvchi sifatida 1994-yilda «Va biz hech qachon ajralmaymiz» pesasi bilan debyut qildi. Bir nechta she’riy to‘plamlar va bolalar uchun kitoblar muallifi.

Avvalroq amerikalik Mungi Bavendi, Luic Bryus va Aleksey Yekimovlar kvant nuqtalarining kashfiyoti va sintezi uchun kimyo bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofotini qo‘lga kiritgandilar. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring