Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni 2 ming nafarga yetdi

Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni 2 ming nafarga yetdi

Kecha, 7-oktyabrda Afg‘oniston g‘arbida kuzatilgan yer silkinishlari natijasida qurbon bo‘lganlar soni 2 ming nafarga yetdi.

Associated Press’ning mamlakat axborot va madaniyat vazirligi rahbari Abdul Vohid Rayonga tayanib xabar berishicha, 6 ta qishloq butunlay vayron bo‘lgan, yuzlab odamlar vayronalar tagida qolgan.

6,3 magnitudali zilzila shanba kuni Hirotdan 42 kilometr g‘arbda sodir bo‘ldi. Yer silkinishi, shuningdek, epimarkazga yaqin hududlar – Farax va Badgis provinsiyalarida ham sezilgan.

Qayd etilishicha. Ushbu zilzila Afg‘oniston tarixidagi oxirgi 20 yildagi eng vayronkori bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring