Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston Zangezur yo‘lagini AQSh nazorati ostiga beradi

Armaniston Zangezur yo‘lagini AQSh nazorati ostiga beradi

Armaniston o‘z hududi orqali va AQSh nazorati ostida bo‘lgan 43 km dan ortiq uzunlikdagi Zangezur koridorini rivojlantirishga rozi bo‘ldi.

Reuters agentligining AQSh rasmiylariga tayanib yozishicha, bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Vashington Janubiy Kavkazdagi eng muhim transport yo‘lagini nazoratga oladi.

«Bu Boku va Yerevan o‘rtasida kutilayotgan tinchlik kelishuvining bir qismi bo‘ladi», – deb yozadi nashr.

Qayd etilishcha, yo‘lak «Trampning xalqaro tinchlik va farovonlik yo‘li» (Trump Route for International Peace and Prosperity yoki TRIPP) deb nomlanadi.

Axios’ning yozishicha, yo‘lak AQShga har yili milliardlab dollar olib keladigan yirik savdo yo‘liga aylanadi, bu esa Rossiya, Eron va Xitoyning mintaqadagi ta’sirini susaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘lak bir necha yillardan buyon ikki davlat o‘rtasidagi bahsli masala bo‘lib, Ozarboyjon tomoni Naxichevan bilan bog‘lash uchun Armanistondan transport yo‘lagini talab qilib kelar edi.

Armaniston esa, o‘z navbatida bu yo‘lak nazoratini o‘zida saqlab qolishni ta’kidlagan va bunga Ozarboyjon qarshilik qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring