Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus ShHTning to‘laqonli a’zosiga aylandi

Belarus ShHTning to‘laqonli a’zosiga aylandi

Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Tegishli qaror Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining yig‘ilishida imzolandi. 

Shunday qilib, Belarus ShHTning to‘la huquqli, o‘ninchi a’zosiga aylandi. Tashkilotda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston ham xuddi shunday maqomga ega.

«Belarus Respublikasini Shanxay hamkorlik tashkilotiga to‘liq a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, hurmatli Aleksandr Grigorevich, bugun Belarus tarixida yorqin sahifa bo‘lishiga ishonchim komil», – deydi ShHTning bu galgi sammitida raislik qilayotgan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jщmart Toqayev.

U, shuningdek, Belarus ShHT makonida xavfsizlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring