Binyamin Netanyaxu Isroil bosh vazirligiga qaytmoqda
Isroilda muddatidan oldin parlament saylovlari yakunlandi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, muxolif «Likud» partiyasi yetakchisi Binyamin Netanyaxuning bloki ishonchli g‘alaba qozonmoqda.
Isroil MSK ma’lumotlariga ko‘ra, ovozlarning 65 foizga yaqini allaqachon qayta ishlanib bo‘lingan, o‘ng qanot partiyalar bloki yesa 69 deputatlik mandatini qo‘lga kiritmoqda. Yangi hukumatni shakllantirish uchun kamida 61 mandat kerak, shuning uchun Netanyaxu lageri har qanday holatda ham sezilarli ustunlikka ega.
3-noyabrda «Likud» partiyasi shtab-kvartirasida nutq so‘zlagan Netanyaxu o‘zi va partiyadoshlari uchun «katta g‘alaba yaqin» ekanini aytdi.
Ikkinchi o‘rinda amaldagi bosh vazir Yair Lapidning «Yesh Atid» partiyasi bormoqda. Lapid allaqachon Netanyaxuni g‘alaba bilan tabriklagan.
Eslatib o‘tamiz, Netanyaxu 2021-yilning iyun oyida hokimiyatdan ketgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter