Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Berluskoni — Putinning besh haqiqiy do‘sti orasida birinchisi...

Berluskoni — Putinning besh haqiqiy do‘sti orasida birinchisi...

Foto: EADaily

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yarashib olganini aytdi. Bu haqda LaPresse axborot agentligi xabar bergan.

Berluskonining so‘zlariga qaraganda, Putin uning tug‘ilgan kuniga 20 shisha aroq va juda ta’sirli maktub yo‘llagan (29-sentyabr kuni Berluskoni 86 yoshini qarshiladi — tahr.). Berluskoni ham javoban Putinga «Lambrusko» (vino) sovg‘a qilib, xuddi shunday ta’sirli xat yozgan.

Eng qizig‘i, Berluskoni aytishicha, Rossiya prezidenti uni o‘zining haqiqiy besh do‘sti orasida birinchisi, deya e’tirof etgan. Putinning qolgan to‘rt do‘sti kimlar bo‘lsa?..

Berluskoni Ukraina bo‘yicha vaziyatga ham to‘xtaldi: Kiyevning NATOga qabul qilinishi jahon urushiga olib keladi, dedi.

Berluskoni shu yilning iyunida Vladimir Putinga ikki marta qo‘ng‘iroq qilib, go‘shakni hech kim ko‘tarmaganidan xafa bo‘lgandi.

Undan ham avvalroq esa u Putindan yuz o‘girgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring