Britaniyada siyosiy zilzila: Kir Starmer ketish arafasida
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer o‘z partiyasida avj olayotgan ichki siyosiy bosim tufayli lavozimidan ketish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda «The Times» nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Starmer kuchayayotgan bosimni anglab turibdi va kutilayotganidek, dam olish kunlarini rafiqasi va oilasi bilan keyingi qadamlarini muhokama qilishga bag‘ishlaydi, shundan so‘ng u hokimiyatda qolish yoki iste’foga chiqish borasida bir qarorga keladi.
Shu bilan birga, bosh vazirning yaqin kunlarda omma oldida chiqish qilishi kutilmayapti. Uning matbuot xizmati siyosatchining obro‘siga yetadigan salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun «inqirozga qarshi reja» ustida bosh qotirmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter