Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on saylovdan so‘ng Rossiya bilan aloqalar qanday bo‘lishini aytdi

Erdo‘g‘on saylovdan so‘ng Rossiya bilan aloqalar qanday bo‘lishini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda mamlakat tashqi siyosati kursida o‘zgarishlar bo‘lmasligini e’lon qildi. 

Jumladan, Erdo‘g‘on mamlakatning Rossiyaga nisbatan siyosati o‘zgarishsiz qolishini aytgan. 

Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qaramasdan Turkiya rasmiy Moskva bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolmoqda, shuningdek sanksiyalarga ham qo‘shilmayapti. Ayni damda rasmiy Anqara Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlayapti. 

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘onning raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li avvalroq Rossiyadan Turkiyaning ichki ishlariga aralashmaslikni so‘rab, izoh yozgandi. 

Shuningdek, Putinning matbuot kotibi bunga izoh berib, Rossiya Turkiyaning ichki ishlariga aralashmasligi va turk xalqining tanlovini hurmat qilishini aytgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring