Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘azoga beshta davlat qo‘shin kiritadi

G‘azoga beshta davlat qo‘shin kiritadi

© Google

Beshta davlat o‘z harbiylarini G‘azo sektoridagi Xalqaro barqarorlik kuchlarida ishtirok etishga jalb qildi. Bu haqda ushbu tuzilma qo‘mondoni general-mayor Jasper Jeffersga tayanib, Reuters xabar berdi.

“Bugun birinchi beshta davlat — Indoneziya, Marokash, Qozog‘iston, Kosovo va Albaniya Xalqaro barqarorlik kuchlarida xizmat o‘tash uchun o‘z qo‘shinlarini jalb qilganini e’lon qilishdan nihoyatda mamnunman. Misr va Iordaniya politsiyani o‘qitish majburiyatini oldi”, dedi Jeffers Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.

​Ma’lum qilinishicha, xalqaro kuchlar G‘azo janubidagi Rafah shahriga joylashtiriladi, u yerda politsiyachilarni o‘qitadi. Jeffers har bir davlat qancha harbiy jo‘natishiga aniqlik kiritmagan. Ammo G‘azo sektorida Xalqaro barqarorlashtirish kuchlarining jami 20 ming askari bo‘ladi va 12 ming politsiyachi o‘qitiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring