Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston Yerni «Apofis» asteroididan himoya qilmoqchi

Hindiston Yerni «Apofis» asteroididan himoya qilmoqchi

Illyustrativ foto

Hindiston fazoviy tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) rahbari Shridhara Paniker Somanath Hindiston Yerni «Apofis» asteroididan himoyalash bo‘yicha sayyoralararo missiyada qatnashishini ma’lum qildi.

«Apofis» 2029-yilda Yerga juda yaqin kelganida biz uni qarshi olish uchun jo‘nash imkoniga ega bo‘lamiz. Hindiston bunda qatnashishi shart», — dedi u.

Ma’lumot uchun: «Apofis» (lotincha Apophis) — 2004-yilda Arizona (AQSh) Kitt-Park observatoriyasi tomonidan kashf etilgan asteroid. Diametri — 325 metr, massasi — 280 mln tonna.

2029-yilda Yerga eng yaqin kelganida «Apofis»ning yulduz kattaligi ko‘rinuvchanligi 3,1m ni tashkil etadi, ya’ni oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. 2029-yilning 13-aprel kuni asteroid Yer sirtidan 31 ming kilometr balandlikda uchib o‘tganida Kichik Ayiq yulduz turkumi yuzduzlari kabi yorqinlashadi.

«Apofis» — Yerdagi ayrim obyektlarga solishtirilganda.
Manba: iXBT

Avvalroq 8–11-iyul kunlari uch yirik asteroid Yer yaqinidan uchib o‘tishi haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring