Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Issiqko‘ldan olti tonna chiqindi yig‘ib olindi

Issiqko‘ldan olti tonna chiqindi yig‘ib olindi

Qirg‘izistonning yirik suv havzasi bo‘lgan Issiqko‘l va uning atrofi tozalandi. Bu borada davlat rahbari Sadir Japarov tomonidan alohida topshiriq berilgan.

Rasmiylar respublikadagi eng go‘zal suv havzasini saqlab qolish va ekologik ofatning oldini olmoqchi, deb xabar beradi «MIR 24».

Ko‘l atrofida dam olish uchun mo‘ljallangan pansionatlar bor. Dam oluvchilar u yerda juda ko‘p axlatlarni qoldiradilar. Shamol esa uni ko‘l bo‘ylab sochib yuboradi, uni Favqulodda vaziyatlar vazirligining g‘avvoslari doimiy ravishda tozalaydi.

Birgina joriy yilning o‘zida Issiqko‘l tubidan qariyb 6 tonna turli chiqindilar, 40 kilometr uzunlikdagi baliq to‘rlari yig‘ildi. Biroq, ko‘lda tijorat baliq ovlash taqiqlangan.

Shunga o‘xshash ishlar doimiy ravishda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Issiqko‘l viloyatida poliyetilen paketlardan foydalanish to‘xtatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring