Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi 7 yilga qamaldi
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi hashamatli sovg‘alar ko‘rinishida pora olgani uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar berdi The Mirror.
Sud uni muammolarni hal qilib berish evaziga tadbirkorlar va amaldorlardan 290 million von (taxminan 190 ming AQSh dollari) qiymatidagi qimmatbaho sovg‘alarni olgan deb topdi.
Kim Gon Xi Dior va Chanel sumkalari hamda qimmatbaho zargarlik buyumlari ko‘rinishida sovg‘alar olgan.
Shu yil fevralida sud sobiq prezident Yun Sok Yolni davlat to‘ntarishiga urinishga rahbarlik qilganlikda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter