Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kanada Abramovichning 26 million dollarlik aktivlarini musodara qilmoqchi

Kanada Abramovichning 26 million dollarlik aktivlarini musodara qilmoqchi

Kanada tashqi ishlar vazirligi G‘arb sanksiyalari ostida qolgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichni hibsga olish va aktivlarini musodara qilish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqdagi bayonot Kanada tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan.

«Tashqi ishlar vaziri Melani Joli 19 dekabr kuni Kanada Maxsus iqtisodiy chora-tadbirlar (Rossiya) bo‘yicha sanksiya qilingan rossiyalik oligarx Roman Abramovichga tegishli «Granite Capital Holdings Ltd» kompaniyasining 26 million dollarini musodara qilishini e’lon qildi», – deyiladi xabarda.

Kanada bunday choralarni qo‘llashga qaror qilgan birinchi G7 davlati bo‘ldi. Bundan tashqari, Kanada o‘zi tarixida birinchi marta bunday vakolatlardan foydalanmoqda.

Tashqi ishlar vaziri Joli endi mulklarni davlat foydasiga musodara qilish to‘g‘risida sudga ariza berish masalasini ko‘rib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda tushumlar «Ukrainani tiklash uchun ishlatilishi mumkin».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring