Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In mulozimlariga maxsus topshiriq berdi

Kim Chen In mulozimlariga maxsus topshiriq berdi

Foto: AP

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakatning yadro salohiyatini son va sifat jihatdan kuchaytirish hamda josuslik xizmatini kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shimoliya Koreya Mehnat partiyasining markaziy harbiy komissiyasida zamonaviy harbiy dengiz bazalari barpo etish ishlarini tezlashtirish ham buyurilgan.

“Majlisda muqarrar raqiblar tahdidini nazorat qilish va eng muhim ma’lumotlarni yig‘ishda muhim bo‘g‘in hisoblangan Bosh razvedka-axborot byurosining funksiya va vazifalarini har tomonlama kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Shu bilan birga, byuroning harbiy razvedka va umumiy razvedka faoliyatidagi imkoniyatlarini tubdan oshirishga qaratilgan vazifalar belgilandi”, – deyiladi OAV xabarida.

Kim Chen In faqat kuchli armiyagina tinchlikni saqlay olishini uqtirgan.

AQSh Kongressi tadqiqot xizmati so‘nggi o‘nyillikda Pxenyan o‘z yadro dasturini shiddat bilan kengaytirayotgani, bu esa Qo‘shma Shtatlar va Sharqiy Osiyoga tahdid ekani haqida xulosa bergan.

2006 yildan buyon Shimoliy Koreya kamida 6 marta yadro qurolini sinab ko‘rgan.

Joriy yil may oyida Shimoliy Koreyaning yangi konstitutsiyasiga ko‘ra Kim Chen Inga yadro qurolidan foydalanish huquqi berildi. Hujjatda mamlakat “urushning oldini olish” maqsadida yadro qurolini ishlab chiqishni davom ettirishi aytilgan.

Joriy yil boshida esa Kim Chen In Shimoliy Koreya xavfsizligiga tahdid tug‘ilsa, Janubiy Koreyani “to‘liq yo‘q qilish”ga tayyor ekanini bildirdi. Pxenyan AQShdan KXDRning yadroviy davlat sifatidagi maqomini tan olishni ham talab qilgan.

2025 yil oxirida esa Shimoliy Koreya hukumati AQSh tomonidan joriy etilgan sanksiyalarga nisbatan keskin javob qaytargan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring