Kimga mazza, kimga... AQShning boj tariflari bugundan kuchga kiradi

AQShning xorij importi uchun boj tariflari bugun, 1 avgustdan kuchga kiradi.
Ayrim jihatlarga ko‘z yugurtiramiz:
- Bazaviy stavka 10 foiz — 57 mamlakat uchun amal qiladi. Bunda savdo detsifiti asosida oshirilgan stavkalar hisoblangan, ya’ni AQShning bu mamlakatlarga eksporti importidan ustun.
- Ayni paytga kelib, AQSh bilan Yaponiya, Janubiy Koreya, Filippin, Vetnam, Pokiston, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Tailand va Kambodja savdo bitimlariga kelishgan.
- Yaponiya, Janubiy Koreya va YeI mahsulotlariga — 15 foiz boj solinadi. Qolgan tariflar: Vetnam — 20, Indoneziya va Filippin — 19, Buyuk Britaniya — 10 foiz. AQSh urush olovini o‘chirish bahonasida yaqinda Pokiston, Tailand va Kambodja bilan ham savdo bitimlariga kelishdi, ammo ular uchun qanaqa tariflar ishlashi hozircha bizga qorong‘u.
- Kanada, Meksika, Braziliya va Hindiston bilan muzokaralar davom etyapti. Hozircha bular uchun boj tariflari quyidagicha: Braziliya — 50 foiz, Kanada — 35 foiz, Hindiston va Meksika — 25 foiz.
- Va final nuqtasi — AQSh va Xitoyning savdo bitimi bo‘yicha muzokaralari pishay deb qolgan, faqat tomonlar ayrim texnik masalalarni kelishib olishsa bas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter