Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kopengagen dunyodagi «eng yashil» poytaxtga aylanadi (video)

Kopengagen dunyodagi «eng yashil» poytaxtga aylanadi (video)

Foto: «Popustplus.hr»

«Euronews» Daniya poytaxti Kopengagenni dunyodagi ilk ugleroddan neytral poytaxt, deya ta’rifladi. Kopengagen o‘z oldiga olamshumul ekologik maqsad qo‘ygan. Muddati — 2025-yilgacha. 17 yil avval kirishilgan ushbu tashabbusga sarmoyadorlarning 26 mlrd. yevro mablag‘lari tikilgan.

Kopengagenda barcha binolari ko‘p funksiyali, fasadlari havo haroratini boshqarib, yomg‘ir suvini yig‘adigan butun boshli eko-tumanlar barpo etilyapti.

Foto: «Euronews»

Ulrik Larssen, shaharni rejalashtirish bo‘yicha maslahatchi:

«Biz turgan joy — avtoturargoh tomi. Bu yerda o‘yin maydonchasi bor. Eng pastki qavatida chiqindilar tashlanadigan joy bor, supermarket ham o‘sha yerda. Zamonaviy ko‘p funksiyali uylar qanday bo‘lishi kerak, degan savolga shu binodan javob topasiz.

Kopengagen loyihasida tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga alohida urg‘u berilgan.

Foto: «Euronews»

Greguar Lori, «Euronews»:

«2000-yilda bu shamol elektr stansiyasi dunyoda eng kattasi edi. Hozir u 60 mingta xonadonni elektr quvvati bilan ta’minlayapti».

Shahar ma’muriyati yana ikkita qo‘shimcha stansiya qurib, «yashil energiya»ni yanada ko‘paytirmoqchi.

Foto: «Euronews»

Kopengagen aholisi va sayyohlarning 75 foizi piyoda, velosipedlar va jamoat transportida harakatlanadi. Sentyabr oyida shaharda metroning yangi tarmog‘i ishga tushirildi. Bundan maqsad — yo‘llardagi avtomobillar sonini kamaytirish orqali musaffo havoni saqlab qolishdir.

Foto: «Euronews»

Xenrik Plugmann-Olsen, Kopengagen metrosi direktori:

«Agarda siz manzilingizga metroda yetib olsangiz, havoning SO2 bilan ifloslanishi bir kilometrga 7 g.ni tashkil etadi. Buni avtomobil bilan taqqoslang: ular bir kilometrga 130 g. zahar chiqaradi».

2019-yilda Kopengagen metrosi 65 million yo‘lovchi tashidi. Yanagi yildan ko‘rsatkich ikki baravarga oshishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring