Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kreml Putinga suiqasd uyushtirilgani to‘g‘risida bayonot berdi

Kreml Putinga suiqasd uyushtirilgani to‘g‘risida bayonot berdi

Ukraina tomoni Rossiya prezidenti qarorgohiga zarba berishga urinishda ayblanmoqda. Kreml bu bo‘yicha rasmiy xabar bilan chiqdi. 

Unda aytilishicha, ikkita uchuvchi moslama Kremlga qaratilgan, lekin ular harbiylar tomonidan zararsizlantirildi. Qurilmalar Kreml hududiga qulab tushdi, ularning qulashi va oskolkalarning sochilib ketishi natijasida hech kim jabrlanmadi.

Kremlning ta’kidlashicha, Rossiya prezident qarorgohiga zarba berishga urinishlarga qachon va qayerda javob berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Kreml bu urinishni prezident Vladimir Putinga suiqasd qilish uchun rejalashtirilgan terakt sifatida baholadi.

«Ushbu terrorchilik harakati natijasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti jabrlanmadi. Uning ish jadvali o‘zgarmadi, u odatdagidek davom etmoqda», — deyiladi Kreml xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring