Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rus generaliga suiqasd uyushtirgan erkak Dubayda qo‘lga olingan

Rus generaliga suiqasd uyushtirgan erkak Dubayda qo‘lga olingan

Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh razvedka boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari Vladimir Alekseyev Moskvada uyushtirilgan suiqasddan so‘ng shifoxonada qolmoqda.

Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenkoning bildirishicha, Vladimir Alekseyev hodisa paytida bir nechta o‘qdan yaralangan.

FSB ma’lumotiga ko‘ra, suiqasdni amalga oshirishda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi Lyubomir Korba Dubayda qo‘lga olinib, keyin Rossiyaga topshirilgan. Shuningdek, yana ikki nafar ehtimoliy sherik aniqlangan: ulardan biri Moskvada ushlangan, ikkinchisi esa Ukraina hududiga chiqib ketgani aytilmoqda.

RIA Novosti’ning yozishicha, Lyubomir Korba Rossiya FSB tomonidan e’lon qilingan videoda general-leytenant Vladimir Alekseyevni o‘ldirish buyrug‘ini 2025-yil dekabr oyida olganini aytgan.

«Dekabr oyida men Bosh razvedka boshqarmasi generali Alekseyevni o‘ldirish buyrug‘ini oldim. Bu vazifani bajarishim uchun menga 30 ming dollar va’da qilingan edi», – dedi Korba.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hujum uchun Ukrainani ayblab, voqeani «terroristik harakat» deb atadi hamda bu tinchlik muzokaralarini barbod qilishga qaratilganini bildirdi.

Hodisa Rossiya, Ukraina va AQSh vakillari ishtirokida Abu-Dabida o‘tgan ikki kunlik muzokaralar yakunlanganidan bir kun o‘tib sodir bo‘lgandi. Ushbu muzokaralar Ukrainada deyarli to‘rt yildan beri davom etayotgan urushni to‘xtatishga qaratilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring