Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maymun chechagining nomi o‘zgartiriladi

Maymun chechagining nomi o‘zgartiriladi

Foto: «Rossaprimavera»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi (monkey pox) virusining nomini o‘zgartirish ustida ishlamoqda. Bu haqda tashkilot rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus bugun, 15-iyun kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Buning uchun jahon ekspertlari jalb qilingan.

«Yangi nomni imkon qadar tezroq e’lon qilamiz. Maymun chechagi global miqyosda tarqalayotgani g‘ayriodatiy va tashvishlidir», — dedi Gebreyesus.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi tarqalishining jahon hamjamiyatiga ta’sirini baholash uchun  23-iyunda favqulodda qo‘mitani yig‘ishi haqida xabar bergandik.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda maymun chechagi bo‘yicha 39 mamlakatda 1600 ta tasdiqlangan, 1500 ta shubhali holat aniqlangan,  72 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring